Java & Python Backend Developer

Elbek Abduraximov

Bizneslar o‘sishi uchun
raqamli mahsulotlar yarataman.

Pastga
  • 5+

    Bajarilgan loyihalar

  • 2+

    Yillik tajriba

  • 100%

    Mijozlar mamnuniyati

Ildizlarim, ilhomim

Men haqimda

Backend — mahsulotning ko‘rinmaydigan, lekin eng muhim qismi.

Salom! Men Elbek Abduraximov — Toshkentda ishlaydigan backend dasturchiman, Java (Spring Boot) va Python (FastAPI) da kod yozaman. Hozir Bojxona Servis’da Python va FastAPI yordamida O‘zbekiston chegara bojxona postlari uchun E-Navbat elektron navbat tizimini ishlab chiqyapman. Undan oldin Pharm Service jamoasida Spring Boot va PostgreSQL bilan ishlaganman.

Backendning butun jarayonida ishlayman: ma’lumotlar modeli, autentifikatsiya va xavfsizlik (JWT, Spring Security, RBAC), testlar (JUnit, Mockito, pytest) va Docker hamda GitLab CI orqali deploy. Toza, testlar bilan qoplangan va oson qo‘llab-quvvatlanadigan kod yozishga intilaman.

Joylashuv
Toshkent, O‘zbekiston
Hozirgi ish
Python backend, Bojxona Servis
Ta’lim
Kompyuter injiniringi, 3-kurs
Tillar
O‘zbek (ona tili), ingliz (o‘rta)

Texnologiyalar

  • Java 17
  • Spring Boot
  • Spring MVC
  • Spring Data JPA
  • Hibernate
  • Spring Security
  • JWT
  • Python
  • FastAPI
  • pytest
  • PostgreSQL
  • Tarantool
  • REST API
  • Flyway
  • JUnit 5
  • Mockito
  • Docker
  • GitLab CI
  • Maven
  • Git
Rezyumeni yuklab olish

Tanlangan loyihalar

Ishlab turgan sayt, ishdagi tizim va GitHub’dagi ochiq kodli loyihalar — har biri real muammoga yechim.

Sport platformasi

Oltin Liga — oltinliga.uz

Payariq Oltin Ligasi — havaskorlar mini-futbol chempionati sayti: o‘yinlar taqvimi, natijalar, guruhlar jadvali, pley-off, to‘purarlar reytingi, mavsumlar arxivi va jamoa arizalari.

  • Java
  • Spring Boot
  • Spring Security
  • ✓Kamera orqali avtomobilni aniqlash
  • ✓Pasport MRZ skanerlash
  • ✓ANPR + shlagbaum integratsiyasi
  • ✓Terminallar bo‘yicha RBAC

Bojxona, ish loyihasi

E-Navbat — chegaradagi elektron navbat

O‘zbekiston chegara bojxona postlarida yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi. Terminalga kirish jarayoni, QR-kodli chipta, ANPR kameralar va shlagbaum boshqaruvi; 4 ta chegara postiga ulangan.

  • Python (FastAPI)
  • PostgreSQL
  • Tarantool
  • Vue 3
  • TypeScript
  • Docker
  • GitLab CI
  • ✓JWT + Spring Security
  • ✓Hisob balanslari va tranzaksiyalar
  • ✓Flyway migratsiyalari
  • ✓Docker konteyner

Fintex API

Finance API

Foydalanuvchilar, hisob balanslari va moliyaviy tranzaksiyalarni boshqarish uchun xavfsiz REST API. Spring Security bilan JWT autentifikatsiya, Flyway migratsiyalari va Docker.

  • Java 17
  • Spring Boot 3
  • Spring Security
  • JWT
  • PostgreSQL
  • Flyway
  • Docker
  • ✓Real vaqtdagi analitika
  • ✓Byudjet nazorati
  • ✓Excel va PDF hisobotlar
  • ✓Chart.js grafiklari

Full-stack ilova

MoneyLog — shaxsiy moliya

Daromad va xarajatlarni kuzatadigan full-stack ilova: real vaqtdagi analitika paneli, kategoriyalar bo‘yicha tahlil, byudjet nazorati va Excel/PDF hisobotlar.

  • Spring Boot 3
  • Spring MVC
  • Spring Security
  • PostgreSQL
  • Thymeleaf
  • Apache POI
  • OpenPDF
  • Chart.js
  • Docker
  • ✓Mahsulotlar va buyurtmalar
  • ✓Ombor va buyurtma holatlari
  • ✓Swagger hujjatlari
  • ✓JUnit 5 + Mockito testlar

E-commerce

Onlayn do‘kon platformasi

Mahsulotlar, buyurtmalar, ombor qoldiqlari va buyurtma holatlarini boshqaradigan backend. To‘liq validatsiya, Swagger hujjatlari va JUnit 5 / Mockito testlari.

  • Java 17
  • Spring Boot 3
  • Spring Data JPA
  • H2
  • Swagger
  • JUnit 5
  • Mockito

Nimada yordam bera olaman

Ma’lumotlar modelidan tortib xavfsizlik, testlar va deploygacha — backendning to‘liq hayotiy sikli.

  • Backend dasturlash

    Java (Spring Boot) yoki Python (FastAPI) asosida REST API va server qismi — ma’lumotlar modelidan deploygacha.

  • API va integratsiyalar

    Swagger bilan hujjatlangan API; kamera, shlagbaum, printer kabi qurilmalar va tashqi xizmatlar bilan integratsiya.

  • Ma’lumotlar bazasi

    PostgreSQL’da ma’lumotlar modelini loyihalash, JPA/Hibernate so‘rovlarini optimallashtirish va Flyway migratsiyalari.

  • Xavfsizlik

    Spring Security, JWT autentifikatsiya, rollar va ruxsatlar (RBAC), amallar jurnali.

  • Testlash

    Biznes mantiqni JUnit 5, Mockito va pytest testlari bilan qoplash; Postman orqali API tekshiruvi.

  • Docker va CI/CD

    Ilovalarni Docker konteynerlariga joylash va GitLab CI orqali code review bilan yetkazib berish.

Tajriba

  1. 2026-yil oktabr — hozir

    Python Backend Developer

    Bojxona Servis

    Chegara bojxona postlari uchun E-Navbat elektron navbat tizimi (FastAPI, PostgreSQL, Tarantool, Vue 3). Terminalga kirish jarayonini to‘liq qurdim: kamera orqali aniqlash, pasport MRZ skanerlash, QR-kodli chipta va shlagbaum integratsiyasi. Hozir portal uchun RBAC ustida ishlayapman; yangi funksiyalarni pytest bilan qoplab, GitLab merge request va code review orqali chiqaraman.

  2. 2026-yil iyul — sentabr

    Java Backend Developer

    Pharm Service

    Spring Boot asosida backend funksiyalar va REST API endpointlari; Spring Data JPA va PostgreSQL bilan ma’lumotlar modeli va so‘rovlarni optimallashtirish; code review va Postman’da API testlari.

  3. 2026-yil yanvar — iyul

    Mentor — ofis dasturlari va AI vositalari

    Aipply Academy

    Word, Excel va PowerPoint bo‘yicha amaliy kurslar, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha treninglar, dars materiallari va talabalarga individual fikr-mulohaza.

  4. 2024 — 2025

    Java Backend Development

    PDP Academy

    Java backend dasturlash bo‘yicha kasbiy kurs.

Loyihangizni muhokama qilamiz

G‘oyangiz bormi yoki jamoangizga backend dasturchi kerakmi? Yozing — odatda 24 soat ichida javob beraman.